Jon Terri: «Angliyaning vaqti keldi»
Angliya yarim finalda Argentinaga qarshi bellashadi.
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
15.07.2026, 15.00
Angliya
-
Argentina
-
Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Jon Terri 2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida Argentinaga qarshi kechadigan bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Rostini aytsam, Argentinaga qarshi o‘yindan xavotirda emasman. Men ularga bizdan kuchli jamoa sifatida qaramayman. Agar futbolchilarni alohida solishtirsak, biz kuchliroqmiz.
Bilasizmi, hozirgi Angliya terma jamoasida menga eng yoqayotgan jihat nima? Biz bu jahon chempionatida allaqachon katta sinovlardan o‘tdik. Bizda juda kuchli jamoa shakllangan. Qolaversa, hammasi xuddi bizning foydamizga kechayotgandek tuyulmoqda. Angliyaning vaqti keldi», — dedi Terri FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.