locale OZ

Jon Duran \"Fenerbahche\"ga o‘tishga rozi bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jon Duran "Fenerbahche"ga o‘tishga rozi bo‘ldi
Photo: Getty Images

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi kolumbiyalik hujumchi Jon Duranga Turkiyaning "Fenerbahche" klubi bilan muzokaralarni davom ettirishga ruxsat berdi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, futbolchi jamoani tark etib, “kanareykalar" safiga qo‘shilishiga rozilik bildirgan. Duran yangi jamoasida taxminan 10 mln yevro maosh oladi.

“Fenerbahche” esa Jonning ijara shartnomasi uchun 7 mln yevro miqdorida tovon puli to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, Duran "An-Nasr"da atigi yarim yil o‘ynadi. Bu vaqt davomida hujumchi barcha turnirlarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting