Joel Kojo: “Alay” klubidan oynadan qochganman
Qirg‘iziston terma jamoasi va Farg‘onaning “Neftchi” klubi hujumchisi Joel Kojo 2017-yilda “Alay” klubidan qanday qochib ketgani haqida so‘zlab berdi. U bu haqda
Lights Podcast kanaliga bergan intervyusida ochiq bayon qildi.
“‘Alay’da pasportimni vizoga rasmiylashtiramiz, deb aldov bilan olib qo‘yishgan. 2018-yilgi mavsum oxirida maoshimni oshirishlarini so‘ragandim, chunki oilamga yordam berayotgan edim. Lekin rad etishdi. Keyin hujjatlarimni qaytarib berishlarini talab qildim — yana rad javobini eshitdim. Keyin Bishkekka borib, biroz yashab kelaman, deb bahona qildim. Ishonishdi va pasportimni qaytarishdi.
Xonaga kirayotganimda klub rahbarlari o‘zaro gaplashib, meni qo‘yib yubormaslikni muhokama qilayotganini eshitib qoldim. Hali xonaga kirmasdan eshikni taqillatishdi. Shunda tezda kiyim-boshlarim solingan sumkamni oldim-da, mehmonxonadan oynadan chiqib qochdim. Bishkekka yetib bordim, keyin esa Armanistonga uchib ketdim”, — dedi Kojo.
Shundan so‘ng “Alay” rahbariyati shartnomani qayta ko‘rib chiqdi va futbolchi klubga qaytdi. Joel Kojo 2021-yilgacha Osh shahri jamoasi safida to‘p surdi.
"Neftchi" Joel Kojo bilan shartnoma imzoladi.