locale OZ

Joan Garsiya kamida uch haftaga safdan chiqdi

Unga jarrohlik amaliyoti talab qilinmaydi.
Joan Garsiya kamida uch haftaga safdan chiqdi
ФОТО: Getty images

“Barselona” darvozaboni Joan Garsiya tizzasidan olgan jarohati sabab taxminan uch hafta maydonga tusha olmaydi.

AS ma’lumotiga ko‘ra, tibbiy tekshiruv 25 yoshli futbolchining o‘ng tizzasi meniskida kichik shikastlanish borligini aniqlagan. Unga jarrohlik amaliyoti talab qilinmaydi.

Shu sabab Garsiya 19-sentabr kuni Ispaniya chempionati doirasida safarda “Sevilya”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi.

Garsiya jarohatni 16-sentabr kuni “Rasing”ga qarshi 7:2 hisobida yakunlangan uchrashuvning birinchi bo‘limida olgan edi. Tanaffusda “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik uni Voytsex Shesniga almashtirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting