JCH-2026: Ispaniya — musobaqaning eng kuchli himoyasiga ega jamoa
JCH-2026: Ispaniya — musobaqaning eng kuchli himoyasiga ega jamoa
Ispaniya terma jamoasining muvaffaqiyati tasodif emas. Statistika shuni ko‘rsatmoqdaki, ular bu yilgi jahon chempionatida raqiblariga eng kam xavfli vaziyatlar yaratish imkonini bermoqda.

Grafikda ko‘rinib turganidek, ispanlar har bir o‘yinda o‘tkazib yuboriladigan kutilgan gollar (xG) bo‘yicha eng past ko‘rsatkichga (0.3) ega. Bu degani:
Raqiblar Ispaniya darvozasi oldida deyarli vaziyat yarata olmayapti.
Ispaniya o‘z jarima maydonchasida to‘pga teginish holatlarini eng kam darajada ushlab turibdi.
To‘pni nazorat qilish va tartibli himoyalanish — ularning asosiy quroli.
Ispaniya nafaqat hujumkor, balki mudofaada ham turnirning eng intizomli jamoasi bo‘lib turibdi.