locale OZ

Oyarsabal: «Belgiya bilan oson o‘yin bo‘lmaydi»

Ispaniyalik futbolchi bo‘lajak bahs oldidan fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oyarsabal: «Belgiya bilan oson o‘yin bo‘lmaydi»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
10.07.2026, Yak.
Ispaniya
2
Belgiya
1

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal Belgiya bilan bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionati chorak final uchrashuvi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu juda kuchli jamoa. Ularning tarkibida muhim futbolchilar bor va ularning barchasi Yevropaning kuchli chempionatlari hamda yirik klublarida to‘p suradi. Shu sababli, oson o‘yin bo‘lmasligi aniq.

Avstriya va Portugaliyaga qarshi bahslarda bo‘lgani kabi, bizni yana juda og‘ir uchrashuv kutayotganini yaxshi tushunamiz. Raqib bizga erkin harakat qilish imkonini bermaydi. Yevropa terma jamoalari juda yuqori saviyada o‘yin namoyish etayotganini ko‘ryapmiz. Shunga qaramay, biz xotirjammiz va o‘z kuchimizga ishonamiz”, — dedi Oyarsabal.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting