locale OZ

Ispaniya Belgiyani yengib, yarim finalga chiqdi

De La Fuente shogirdlari yarim final bosqichida Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.
Ispaniya Belgiyani yengib, yarim finalga chiqdi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
10.07.2026, Yak.
Ispaniya
2
Belgiya
1

Jahon chempionatining chorak finalidan o'rin olgan Ispaniya va Belgiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bu bellashuv "qizil furiyaning" 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi.

Dastlab o'yinning 30-daqiqasida Fabian Ruiz gol kiritib ispaniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqan bo'lsa, birinchi taymning oxirlarida belgiyaliklar De Ketelarening goli evaziga muozanatni tiklashga erishdi. Uchrashuvning 88-daqiqasida esa zahiradan maydonga tushgan Merino gol kiritib, Ispaniyaning yarim final bosqichiga olib chiqdi.

Ma'lumot uchun, De La Fuente shogirdlari yarim final bosqichida Fransiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi uchashuv 14-iyuldan 15-iyulga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting