Jahongir Urazov Italiya klubiga o'tishi mumkin
Yosh himoyachi faqat Yevropa chempionatlariga intilayapti
Rasm: Gazeta.uz
Samarqandning “Dinamo” klubi himoyachisi Jahongir Urazovga bir qator chet el jamoalari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda futbolchining agentlik kompaniyasi vakili ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchiga Eron, Qatar, Bolgariya va Rossiyaning “Krasnodar” klubidan takliflar bo'lgan. Shu bilan birga, Italiya va Germaniya jamoalari bilan ham muzokaralar olib borilmoqda.
Biroq Urazovning o'zi Osiyo yoki Rossiya chempionatlarida to'p surish niyatida emas. Uning asosiy maqsadi — Yevropa futbolida o'z o'rnini topish.
Bakradze Iman
Redaktor