locale OZ

Italiya A Seriyasining yil jamoasi e'lon qilindi

Antonio Konte esa mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Italiya A Seriyasining yil jamoasi e'lon qilindi
ФОТО: Getty images

Italiya futbolchilari assotsiatsiyasi A Seriyaning 2025 yil yakunlari bo‘yicha mukofotlarini taqdim etdi.

“Napoli” yarim himoyachisi Skott Maktominay e’tirof etildi. Neapol jamoasi, shuningdek, “mavsumning eng yaxshi klubi” nominatsiyasida g‘olib chiqdi, jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte esa mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Bundan tashqari, mavsum ramziy terma jamoasiga quyidagi futbolchilar kiritildi:

Mile Svilar (“Roma”), Denzel Dyumfris (“Inter”), Amir Rahmoni (“Napoli”), Alessandro Bastoni (“Inter”), Federiko Dimarko (“Inter”), Skott Maktominay (“Napoli”), Nikolo Barella (“Inter”), Teyani Reynders (“Milan”, hozirda “Manchester Siti” futbolchisi), Lautaro Martines (“Inter”), Moyze Ken (“Fiorentina”) va Mateo Retegi (“Atalanta”, hozirda “Al-Qodisiya” futbolchisi).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting