locale OZ

Italiya A Seriyasining 3-turida «Inter» o‘z maydonida «Napoli»ni qabul qildi

Bahs mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Italiya A Seriyasining 3-turida «Inter» o‘z maydonida «Napoli»ni qabul qildi
photo: gettyimages
Italiya A seriyasi
05.09.2026, Yak.
Inter
3
Napoli
2

Italiya A Seriyasining 3-turida «Inter» o‘z maydonida «Napoli»ni qabul qildi. Bahs mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshida «Napoli» 50-daqiqada Matteo Politano, 53-daqiqada esa Rasmus Hoylundning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi.

«Inter» 56-daqiqada Lautaro Martinesning goli bilan javob qaytardi. Keyinchalik Markus Tyuram hisobni tenglashtirdi. 90-daqiqada esa Lautaro Martines o‘zining ikkinchi golini urib, milanliklarga g‘alaba keltirdi.

Ushbu natijadan so‘ng «Inter» 3 turda 9 ochko jamg‘ardi. «Napoli» esa 3 ochko bilan qoldi.

A Seriya. 3-tur
Inter — Napoli 3:2
Gollar:
Politano 50, Hoylund 53, Lautaro 56, 90, Tyuram 82

Inter: Martines Xosep, Bissek, Akanji, Bastoni (Bonni, 79), Diuf, Barella, Ziyelinski (Cholxano‘g‘lu, 71), Suchich (Tyuram, 46), Dimarko (Augusto, 62), Esposito (Kertis Jons, 46), Lautaro Martines.

Napoli: Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Marin, Spinatsola, Zambo-Angissa, Lobotka (Gilmor, 79), Vergara (Neres, 62), Politano (De Bryuyne, 62), Hoylund (Lukka, 72), Alisson Santos (Badiashil, 80).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting