Ispaniya Kubogi. «Real» qiyinchilik bilan uchinchi divizon klubini magʻlub etdi
Ispaniya Kubogi 1/16 final bosqichidan oʻrin olgan bahsda mamlakatning uchinchi divizonida ishtirok etuvchi «Talaver» va Madridning «Real» klubi o‘zaro to‘qnash keldi. Bahsda 3:2 hisobida «qirollik klubi» g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda hisob 41-daqiqada ochildi — Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshirdi. 45+1-daqiqada mezbonlar himoyachisi Manuel Farrando to‘pni o‘z darvozasiga kiritib yubordi. 80-daqiqada uchinchi liga klubi hujumchisi Nauel Arroyo bitta gol bilan javob qaytardi. 88-daqiqada Mbappe dubl muallifiga aylandi. 90+1-daqiqada esa mezbonlar futbolchisi Gonsalo di Renso hisobni yana qisqartirdi.
Shu tariqa, «Talavera» Ispaniya Kubogidagi ishtirokini yakunladi. Madridning «Real» klubi esa musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Kubogining amaldagi sohibi — Kataloniyaning «Barselona» jamoasi.
Ispaniya Kubogi. 1/16 final
«Tavalera» — «Real» 2:3
Gollar: Arroyo (80), Renso (90+1) — Mbappe (41, 88).