Islom Ismoilov: \"Raqib o'yin tashqarisidagi barcha\"o'yinlar\"ni amalga oshirishiga qaramasdan, biznik
Sports24.uz O'zbekiston U-17 terma jamoasi bilan Osiyo chempionligini qo'lga kiritib o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati yo'llanmasini naqd qilgan murabbiy Islom Ismoilov bilan bog'lanib, ertangi o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdi:
“Albatta bu o'yinni butun O'zbekiston xalqi intizorlik bilan kutyapti. Oson qarama-qarshilik bo'lmasligi aniq, sababi Birlashgan Arab Amirliklari o'yin tashqarisidagi barcha ”o'yinlar"ni amalga oshirishyapti, lekin shunga qaramasdan o'ylashimcha bizning terma jamoa ushbu uchrashuvda ishonchli g'alabaga erisha oladi.
Hozirgi holatda barcha futbolchilar eng yuqori formada. Baribir xohlaymizmi, yoki xohlamaymizmi ular ham bu narsalarni juda ham yaxshi tushunib turishibdi. Hamma futbolchilar yuz foiz maksimal kuch bilan harakat qilib, xalqimizni azaliy orzusini amalga oshirish uchun qo'ldan kelganicha xarakat qilishadi.
Xudo xohlasa, albatta, Jahon chempionatiga yo'llanma bu- o'zbek futbolida tub o'zgarish yasaydigan holatlardan bittasi hisoblanadi. Yanada futbolga bo'lgan e'tibor kuchayadi. ohirgi yillarda davlatimiz rahbarini futbolga qaratayotgan e'tiborlariga chiroyli javob bo'ladi deb o'ylayman",-deydi mutaxassis.