locale OZ

Iraola: «Mag'lubiyatga loyiq emas edik»

"Liverpul" bosh murabbiyi jamoasining durangi haqida fikr bildirdi.
Iraola: "Mag'lubiyatga loyiq emas edik"
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi
23.08.2026, Yak.
Nyukasl
2
Liverpul
2

"Liverpul" bosh murabbiyi Andoni Iraola APL 1-turida "Nyukasl" bilan 2:2 hisobida durang o'ynaganidan so'ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, biz mag'lubiyatga loyiq emas edik. Futbolchilarimning harakatlarini yuqori baholayman. Hali statistikani ko'rib chiqmabman, ammo ishonch bilan aytishim mumkinki, bizda vaziyatlar ko'proq bo'ldi va ko'plab ko'rsatkichlar bo'yicha raqibdan ustun keldik. Birinchi bo'limda jarima maydoniga ko'p bordik, ammo hujumlarni zarba bilan yakunlay olmadik. Jarima maydoni atrofida to'pni juda ko'p aylantirdik va vaziyatni ortiqcha murakkablashtirishga urindik.

Bizga shunchaki zarba berish kerak edi. Menimcha, zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar jamoaga qo'shimcha energiya berdi. Ular yaxshiroq yoki yomonroq o'ynaganini bilmayman, ammo jamoaga yordam berishdi. Biz o'ynamoqchi bo'lgan yuqori intensivlikdagi futbolda barcha futbolchilarning 90 daqiqa davomida bir xil sur'atni ushlab turishi imkonsiz. Shuning uchun zaxiradan maydonga tushadigan futbolchilarning energiyasi biz uchun juda muhim. Bugun biz aynan shu energiyani oldik", - deya Iraolaning so'zlaridan keltiradi BBC nashri.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting