locale OZ

APL. «Liverpul» «Nyukasl»ga 90+9-daqiqada gol urib, durangga erishdi

O‘yinda jami 4 ta gol urildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
APL. “Liverpul” “Nyukasl”ga 90+9-daqiqada gol urib, durangga erishdi
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi
23.08.2026, Yak.
Nyukasl
2
Liverpul
2

Angliya Premer-ligasining 2026/27 yilgi mavsumi 1-turidan o‘rin olgan "Nyukasl Yunayted" — "Liverpul" uchrashuvi yakunlandi. Unda 2:2 hisobidagi durang qayd etildi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Entoni Elanga hisobni ochib, "Nyukasl"ni oldinga olib chiqdi.

55-daqiqada Kodi Gakpo javob golini kiritib, "Liverpul" uchun hisobni tenglashtirdi — 1:1. Oradan uch daqiqa o‘tib, Jo Uillok "Nyukasl"ning ikkinchi golini urdi — 2:1.

"Liverpul" mag‘lubiyatdan uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda qutulib qoldi. 90+9-daqiqada Dominik Soboslay penalti aniq amalga oshirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:2.

APL. 1-tur
Nyukasl — Liverpul 2:2

Gollar: Elanga (5), Uillok (57) — Gakpo (55), Soboslay (90+9, penalti).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting