locale OZ

Soboslai: «Rostini aytsam, biz g‘alaba qozonishimiz kerak edi»

"Liverpul" safarda "Nyukasl" bilan durang qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Soboslai: «Rostini aytsam, biz g‘alaba qozonishimiz kerak edi»
ФОТО: Getty images
Angliya Premer-ligasi
23.08.2026, Yak.
Nyukasl
2
Liverpul
2

“Liverpul” yarim himoyachisi Dominik Soboslai APL 1-turida “Nyukasl” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynalgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

“Rostini aytsam, biz g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Ammo futbol shunaqa. APLda oson g‘alabalar bo‘lmaydi — kimga qarshi o‘ynayotganingiz muhim emas. Biz buni tushunishimiz va keyingi uchrashuvda yanada e’tiborli bo‘lishimiz kerak”, — dedi Soboslai Sky Sports nashriga.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” dastlabki turda “Nyukasl” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Jamoa keyingi uchrashuvini 29 avgust kuni "Nottingem Forest"ga qarshi o‘tkazadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting