“Inter” Mxitaryan o'rniga “Barselona” futbolchisini olib kelmoqchi
Milanning “Inter” klubi Genrix Mxitaryanga o'rinbosar qidirmoqda. Asosiy nomzod sifatida “Barselona” futbolchisi Fermin Lopes ko'rilmoqda. Bu haqda Calciomercato nashriga tayanib, Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “neradzurrilar” futbolchi uchun 60 million yevro taklif qilishga tayyor. Italyan klubi ispaniyalik yarim himoyachi bilan uzoq muddatli hamkorlikka umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Mxitaryan 2022-yildan buyon “Inter” safida o'ynab kelmoqda. U joriy mavsum barcha turnirlarda 48 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fermin Lopes esa 2016-yildan buyon “Barselona” tizimida to'p surmoqda. U joriy mavsum 45 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.