locale OZ

«Inter Mayami» «Vankuver Uaytkaps»ni magʻlub etib, ilk bor MLS Kubogini qoʻlga kiritdi

Uchrashuvda muxlislar jami toʻrtta gol guvohi boʻlishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Inter Mayami» «Vankuver Uaytkaps»ni magʻlub etib, ilk bor MLS Kubogini qoʻlga kiritdi
FOTO: Getty Images
MLS USA
06.12.2025, Yak.
Inter Miami CF
3
Vancouver Whitecaps
1

MLS pley-off finali yakunlandi: «Inter Mayami» va «Vankuver Uaytkaps» Fort-Loderdalening «DRV PNK Stadium» stadionida kuch sinashdi. 3:1 hisobidagi g‘alaba Florida jamoasiga nasib etdi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Edyer Okampo o‘z darvozasiga gol urib, Florida jamoasiga ustunlik berdi. 60-daqiqada Ali Ahmed hisobni tenglashtirdi. 71-daqiqada Rodrigo De Paul «Mayami»ga ustunlikni qaytardi. 90+6-daqiqada Tadeo Allende mezbonlar safidagi uchinchi golni kiritdi.

Eslatib oʻtamiz, pley-off yarimfinalida «Inter Mayami» «Nyu-York Siti»ni 5:1 hisobida mag‘lub etgan, «Vankuver Uaytkaps» esa «San-Diego»ni 3:1 hisobida yenggandi.

Eslatib o‘tamiz, «Inter Mayami» va «Vankuver Uaytkaps» MLS doirasida oxirgi marta 2024 yilning 26 mayida uchrashgan edi. O‘sha o‘yinda «Mayami» 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Maʼlumot uchun, ushbu muvaffaqiyat «Inter Mayami» tarixidagi birinchi MLS Kubogi bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting