locale OZ

Myuller: «Imkoniyatimiz kam boʻlishi mumkin, lekin hamma narsa boʻlishi mumkin»

Tomas Myuller Lionel Messiga qarshi oʻyin oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Myuller: «Imkoniyatimiz kam boʻlishi mumkin, lekin hamma narsa boʻlishi mumkin»
FOTO: Getty Images
MLS USA
06.12.2025, Yak.
Inter Miami CF
3
Vancouver Whitecaps
1

Kanadaning «Vankuver Uaytkaps» klubi yarimhimoyachisi Tomas Myuller MLS mavsumi hal qiluvchi finali oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Jamoa Lionel Messining «Inter Mayami»si bilan liganing bosh sovrini uchun bahs olib boradi.

«G‘alaba qozonish imkoniyatimiz qanchalik? 10%? 20%? Balki undan ham kamdir? Ammo baribir imkoniyat bo‘lsa — demak, hammasi mumkin.

O‘ylaymanki, siz – OAV vakillari va MLS uchun Messi haqida, men yoki boshqa mashhur futbolchilar haqida gapirishning ma’nosi bor. Lekin aslida eng muhimi — ikki jamoaning o‘ziga xos va chiroyli o‘yin uslubi to‘qnash kelayotgani.

Eski tanishlar bilan uchrashish doimo yoqimli. Ular bilan yaqin bo‘lmasak-da, har doim ularni kuzatib bordim. Ular ajoyib futbolchilar edilar, ayrimlari esa hozir ham shu darajasini saqlab turibdi», — deya Myullerdan iqtibos keltiradi BBC.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 6 avgust kuni Tomas Myuller «Vankuver Uaytkaps» safini to‘ldirgan edi. Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2025 yil oxirigacha mo‘ljallangan bo‘lib, yana bir mavsumga uzaytirish opsiyasini ham o‘z ichiga oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting