«Inter» «Barselona» yulduzi Arauxoga koʻz tikmoqda
Milanning «Inter» klubi «Barselona»ning 27 yoshli urugvaylik markaziy himoyachisi Ronald Arauxoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
«Neradzurrilar» kataloniyaliklar radariga tushgan Alessandro Bastoni boʻyicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanadigan boʻlsa, Arauxo transferini koʻrib chiqishlari mumkin. Bunday vaziyatda «Inter» qoʻshimcha pul kompensatsiyasi evaziga futbolchilarni oʻzaro almashishni taklif qilishga tayyor. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Ayni damda Arauxo boʻyicha rasmiy muzokaralar boshlangani yoʻq, biroq Milan klubi himoya chizigʻini kuchaytirish variantlarini faol oʻrganmoqda. Bundan tashqari, «Inter» tarkibni kuchaytirish uchun yana bir potensial nomzod — Luka Vushkovichni ham kuzatib bormoqda. Vushkovich — Xorvatiyalik markaziy himoyachi boʻlib, huquqiy jihatdan Angliyaning «Tottenhem» klubiga tegishli va 2026 yilning 30 iyuniga qadar ijara asosida Germaniyaning «Gamburg» jamoasida toʻp surmoqda.
Maʼlumot uchun, Ronald Arauxo joriy mavsumda «Barselona» safida barcha turnirlar doirasida 37 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.