locale OZ

Insayd. Igor Sergeyev O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qaytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Инсайд. Игорь Сергеев Ўзбекистон миллий терма жамоасига қайтди
FОТО: the-AFC.com
JCH. Saralash. Osiyo
05.06.2025, Yak.
BAA
0
O‘zbekiston
0

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyining boshida JCh-2026 saralash doirasida BAA va Qatarga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi.

Sports24.uz sayti ma’lumotiga ko‘ra, "Paxtakor" klubi hujumchisi Igor Sergeyev mazkur o‘yinlarga chaqiruv oladi.

Futbolchi 2024 yil yanvar oyida Qatarda o‘tgan Osiyo kubogi doirasida Avstraliyaga qarshi bahsda jiddiy jarohat olib operatsiya stoliga yotishga majbur bo‘lgandi.

2025 yil boshida "Paxtakor"ga qaytgan Sergeyev hozirga qadar klub safida barcha musobaqalarda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting