locale OZ

Holid Eysa: “Ikki jamoa uchun ham oson o'yin bo'lmaydi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Holid Eysa: “Ikki jamoa uchun ham oson o'yin bo'lmaydi”
FOTO: UzbekistanFA
JCH. Saralash. Osiyo
05.06.2025, Yak.
BAA
0
O‘zbekiston
0

Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida BAA'ga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida raqib futbolchisi Xolid Eysa ishtirok etib, ertangi o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Menimcha, o'yin ikki jamoa uchun ham oson bo'lmaydi. Biz oson bahs kutmayapmiz. Biz o'zimizga va murabbiyimizga ishonamiz va ertangi bahsda muvaffaqiyat qozonishga harakat qilamiz.

Biz Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonamiz: federatsiya, futbolchilar, umuman hamma. Muxlislar bizni qo'llab-quvvatlashini kutyapmiz. Ertangi bellashuvda buning uchun nima qilish kerak bo'lsa, hammasini qilamiz”, - deydi Eysa.

Eslatib o'tamiz, BAA - O'zbekiston o'rtasidagi o'yin ertaga, 5-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi. Ushbu bahsdagi durang natija ham bizni mundialga olib chiqadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting