locale OZ

Hansi Flik qaysi himoyachi bilan shartnoma imzolashni xohlayotgani ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hansi Flik qaysi himoyachi bilan shartnoma imzolashni xohlayotgani ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik “Bayer”ning markaziy himoyachisi Jonatan Tani jamoaga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, germaniyalik mutaxassis Ta bilan shartnoma imzolash istagida bo'lsa-da, u 29 yoshli futbolchiga ro'yxatdan o'tkazishda muammolar bo'lmaydi deb kafolat bera olmaydi.

Qayd etilishicha, Taga Myunxenning “Bavariya” klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumot uchun, Jonatan Ta joriy mavsum barcha turnirlarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting