locale OZ

Hans-Diter Flik kelasi mavsumda “Barselona”ni kim boshqarishini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hans-Diter Flik kelasi mavsumda “Barselona”ni kim boshqarishini aytdi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoadagi kelajagi haqida gapirdi. Nemis mutaxassisining “ko'k-anorranglilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilga qadar amal qiladi.

“O'ylaymanki, kelasi yil ham jamoani o'zim boshqaraman. Chunki kelasi mavsum oxirigacha shartnomam bor. Men bu yerdaligimdan va “Barsa”ni boshqarayotganimdan juda xursandman. Men bu jamoani yaxshi ko'raman.

Hozir bu haqda gapirishning vaqti emas. Biz bor e'tiborimizni maqsadlarimizga qaratganmiz va bu klubdagi mavqeimdan muhimroq. Biz kelajakda nima bo'lishiga e'tibor qaratganimiz yo'q”, - deydi Flik.

Eslatib o'tamiz, “Barselona” 30-aprel, chorshanba kuni UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalining dastlabki o'yinida “Inter”ga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting