locale OZ

Hans-Diter Flik “Barselona”da kimning o'yinidan hayratda qolganini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hans-Diter Flik “Barselona”da kimning o'yinidan hayratda qolganini aytdi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa himoyachisi Erik Garsiyaning o'yinini yuqori baholadi.

“Men Erik Garsiyaning o'yinidan hayratdaman. U o'zini o'ng qanot himoyachisi sifatida ko'rsata oldi. U jamoa uchun maydonda ham, kiyinish xonasida ham juda muhim futbolchi”, - deydi Flik.

Ma'lumot uchun, Garsiya joriy mavsum barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting