Gvardiola «An-Nasr»ni boshqarishi mumkin
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning agenti Xosep Mariya Orobitt "Al-Nasr" va Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF) ispan murabbiyga qiziqish bildirganini tasdiqladi. Bu haqda Goal nashri xabar berdi.
"Bir yarim oy oldin aloqalar o‘rnatilgan, shunchaki aloqalar, hech qanday majburiyatsiz yoki yozma takliflarsiz. Taklif qilingan pul unchalik katta emas edi", deydi Orobitt.
Ma’lumot uchun, 55 yoshli Pep Gvardiola 2016 yildan buyon Manchester klubini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida "Manchester Siti" bir marta Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, olti marta Angliya chempionligi, 3 ta Angliya kubogi va 5 ta Liga kubogida zafar quchgan. Gvardiola faoliyati davomida, shuningdek, "Barselona" va "Bavariya"ni ham boshqargan.