Grinvud: «Umid qilamanki, birinchi oʻrin uchun kurashni davom ettira olamiz»
«Marsel» yarimhimoyachisi Meyson Grinvud jamoaning joriy mavsumdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Murabbiy va jamoadoshlarim tufayli ajoyib formada turibman. O‘zimni yaxshi his qilyapman va o‘yinimni yaxshilash, mavsum davomida ko‘proq sovrinlar yutishga umid qilaman. Roberto De Dzerbi? U jamoaning miyasi, o‘yinni quruvchi arxitektor. U menga futbolni yaxshiroq tushunishga yordam beradi va har kuni o‘zimni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Biz juda ko‘p kuchli futbolchilarni qo‘lga kiritdik. Jamoa ayrim yo‘nalishlarda kuchaydi. Bu mavsumda «Marsel» yanada birlashgan jamoaga aylandi; hammamiz bir xil ruhda ishlayapmiz, bu ko‘zga tashlanadi. Biz ikkinchi o‘rindamiz va umid qilamanki, birinchi o‘ringa ham kurashni davom ettira olamiz», — deydi Grinvud.
14 o‘yin natijasida «Marsel» Fransiya chempionatida 29 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jadval yetakchisi — 30 ochko bilan «PSJ».