locale OZ

Grinvud Fransiyaning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi

O‘tgan oyda u ligada 5 ta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grinwud Fransiyaning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi
ФОТО: Getty images

"Marsel"ning 24 yoshli yarim himoyachisi Meyson Grinvud Footmercato nashri talqiniga ko‘ra, Fransiya 1 ligasining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Grinvud 38% ovoz bilan “Strasburg”dan Xoakin Panichelli (32%) va “Nissa” vakili Sofian Diopni (30%) ortda qoldirib, individual sovrinni qo‘lga kiritdi.

Futbolchi “Gavr” darvozasiga to‘rtta gol urdi. Umuman olganda, Grinvud oktyabr oyida oltita gol urdi: beshtasi Fransiya chempionatida va bittasi Chempionlar ligasida “Ayaks” darvozasiga.

Yarim himoyachi 2024 yilning yozida 26 million yevro evaziga "Manchester Yunayted"dan "Marsel"ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda u 21 ta gol bilan jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lib, faqat “PSJ” futbolchisi Usmon Dembeledan ortda qolgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting