locale OZ

Gordon bugun tibbiy ko‘rik uchun Kataloniyaga uchib boradi

Transferning yakuniy summasi 80 million yevrodan oshadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gordon bugun tibbiy ko‘rik uchun Kataloniyaga uchib boradi
ФОТО: Getty images

"Nyukasl Yunayted" hujumchisi Entoni Gordon bugun, 28 may kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tish va "Barselona" bilan shartnoma imzolash uchun Kataloniyaga boradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Gordon tushlikdan so‘ng darhol yetib kelishi kerak. Tibbiy ko‘rik kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq, "qarg‘alar" direktorlar kengashi va klubning saudiyalik egalari kataloniyaliklarning 70 million yevro miqdoridagi qat’iy belgilangan taklifini, qo‘shimcha to‘lovlarni ham qo‘shib, qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Transferning yakuniy summasi 80 million yevrodan oshadi.

Joriy mavsumda Gordon "Nyukasl" safida barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt internet-portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining taxminiy qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting