Gordon «Barselona»da qancha maosh olishi ma'lum
Futbolchining maoshi ikki baravarga oshadi.
ФОТО: Getty images
«Nyukasl»ning 25 yoshli vingeri Entoni Gordonning «Barselona»da qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi.
Diario SPORT nashrining xabar berishicha, «Barselona»ga o'tganidan so'ng Gordonning maoshi ikki baravarga oshadi.
Manbaga ishonadigan bo'lsak, futbolchi yangi jamoasida yiliga taxminan yetti million yevro maosh oladi. Gordon 2023 yildan buyon «Nyukasl» sharafini himoya qiladi.
O'tgan mavsumda 25 yoshli hujumchi barcha musobaqalar doirasida 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 17 marta ishg'ol qildi va besh bor jamoadoshlariga golli uzatma amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist