locale OZ

Gasperini \"Atalanta\"dan ketishini ma'lum qildi

U "Roma" ustozi bo‘ladi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gasperini "Atalanta"dan ketishini ma'lum qildi
Photo: Getty Images

Italiyalik mutaxassis Jan Piero Gasperini “Atalanta” muxlislariga ochiq xat yozdi.

Unda 67 yoshli murabbiy 9 yildan so‘ng bergamoliklarni tark etishini ma’lum qildi. Bu xatni L’eco Di Bergamo nashr etdi.

“Avval bu holatni so‘z bilan ifodalashning imkoni yo‘q edi. Faqat so‘nggi bir necha soat ichida men bu ajoyib 9 yillik voqeaga nuqta qo‘yishga qaror qildim. Ammo xayrlashish haqida gapirmaylik. Bu menga yoqmaydi”, – dedi Gasperini.

Ma’lumot uchun, Gasperini “Roma” bosh murabbiyiga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting