Gasparini A Seriyada oy murabbiyiga aylandi
Ayni paytda "Roma" A Seriya turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
Italiya A Seriyada oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi.
Sovrin “Roma” bosh murabbiyi Jan Piero Gasperiniga nasib qildi.
“Roma” o'tgan oyda A Seriya doirasida 4 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta g'alaba va 1 mag'lubiyatni qabul qildi.
“Bo'rilar” o'tgan oyda "Fiorentina" (2:1), "Sassuolo" (1:0) va "Parma"ni (2:1) hamda "Inter"ga (0:1) qarshi o'ynadi.
Ayni paytda "Roma" A Seriya turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist