locale OZ

Futbolchi elkada olib chiqildi: Qo‘qonda nosilka ham yo‘q edi

“Dinamo” futbolchisini jarohatdan so‘ng maydondan ko‘tarib olib chiqishdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: upl.uz

Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionati doirasidagi navbatdagi tur uchrashuvida “Qo‘qon-1912” jamoasi Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qildi.

O‘yin davomida “Dinamo” futbolchisi jarohat oldi. Tibbiyot xodimlari unga yordam ko‘rsatishga harakat qilishdi, ammo uni o‘yinga qaytarib bo‘lmadi. Almashtirish qarori qabul qilingach, tibbiy xizmatchilar futbolchini elkada ko‘tarib, maydondan chiqarishdi.

Bu holat muxlislar orasida hayratga sabab bo‘ldi. Professional uchrashuvda nosilka yoki maxsus transportning yo‘qligi tanqidlarga sabab bo‘ldi. Mazkur voqea aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va xorijiy ommaviy axborot vositalarida ham yoritildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting