Fransiya chempionati yakunlandi. Yevrokuboklarda qaysi jamoalar ishtirok etadi?
6 ta jamoa xalqaro maydondagi turnirlarda qatnashadi.
ФОТО: Getty images
Fransiya chempionatida mavsum o‘yinlari nihoyasiga yetdi. Yevropa musobaqalarida ishtirok etadigan fransuz klublari nomi aniq bo‘ldi.
Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga mamlakat chempioni “PSJ” hamda chempionat sovrindorlari — “Lans” va “Lill” yo‘llanma oldi. To‘rtinchi o‘rinni egallagan “Lion” musobaqani uchinchi saralash bosqichidan boshlaydi.
Yevropa ligasida “Marsel” ishtirok etadi. Konferensiyalar ligasiga esa chempionatni oltinchi o‘rinda yakunlagan “Renn” yo‘llanma oldi.
Fransiyadagi mavsum 22-may kuni bo‘lib o‘tadigan mamlakat kubogi finali bilan yakunlanadi. Unda “Lans” va “Nissa” o‘zaro bahs olib boradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist