Flikning diskvalifikatsiyasi o‘z kuchida qoldi
U "Jirona"ga qarshi o‘yinda hakam qarorlaridan norozilik bildirgani uchun ikki sariq kartochka olgandi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik "Jirona"ga qarshi (2:1) o‘yinda hakam qarorlaridan norozilik bildirgani uchun ikki sariq kartochka olib, maydondan chetlatilgan edi.
Kataloniyaliklar bu qarorga apellyatsiya kiritgandi. Qirollik Ispaniya futbol federatsiyasining (RFEF) intizom qo‘mitasi kataloniyaliklarning apellyatsiyasini rad etdi.
"Ikkita sariq kartochkani bekor qilish haqidagi iltimos rad etildi. Shu bois, janob Hans-Diter Flikning maydondan chetlatilishi ortidan belgilangan bir o‘yinlik diskvalifikatsiya o‘z kuchida qoladi", — deyiladi qo‘mita bayonotida.
Shu tariqa, germaniyalik mutaxassis 26-oktabr kuni bo‘ladigan "Real"ga qarshi bellashuvni o‘tkazib yuboradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist