locale OZ

Flik: «Yaxshi o‘ynadik, ammo bu oson bo‘lmadi»

Kataloniya ustozi jamoasining g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik: «Yaxshi o‘ynadik, ammo bu oson bo‘lmadi»
Фото: Getty Images
Chempionlar ligasi
13.10.2026, Yak.
Galatasaray
1
Barselona
4

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida «Galatasaroy» ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlarini AS nashri keltirmoqda.

«Biz yaxshi o‘ynadik, ammo bu oson bo‘lmadi. Raqibda imkoniyat bo‘ldi, ular undan foydalanib, hisobda oldinga chiqib olishdi. Biroq jamoamiz bunga munosib javob qaytardi va o‘yinga qaytdi. Chempionlar ligasidagi bahslar doimo qiyin kechadi. Ba’zan maydonning hujum zonasida to‘g‘ri qarorlar qabul qila olmadik. Shunga qaramay, ushbu stadionda, shunday muhitda g‘alaba qozonishga erishdik», — dedi Flik.

Ma’lumot uchun, Istanbuldagi bahsda mezbonlar safida Aleksey Batrakov 28-daqiqada hisobni ochdi. «Barselona» Joau Kanselu, Lopes, Gordon va Adeyemining gollari orqali javob qaytarib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting