Flik: «Finalgacha hali uzoq yo‘l bor»
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Galatasaroy»ga qarshi safar o‘yinidan oldin jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Germaniyalik murabbiy jamoasining holati haqidagi savolga javob berdi.
- O‘zingizni Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun favorit deb hisoblaysizmi?
«Bu pozitsiyada bo‘lish katta sharaf. Biz juda ko‘p ishlayapmiz, ammo finalgacha hali uzoq yo‘l bor. Biz har bir o‘yinda bu mavsumni boshlaganimizdek mentalitet bilan o‘ynashimiz kerak. Va, albatta, to‘pni nazorat qilishimiz kerak» - dedi Flik matbuot anjumanida.
«Barselona» 2026/2027 yilgi mavsumning barcha to‘qqizta o‘yinida g‘alaba qozondi. Chempionlar Ligasining birinchi tur o‘yinida «ko‘k-anorranglilar» «Feyenoord»ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi.