locale OZ

Flik La Ligada mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

U klub bilan La Ligada chempionlikni qo'lga kiritdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik La Ligada mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
Photo: Getty Images

Ispaniya La Ligasida mavsumning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi. Liga sayti xabariga ko'ra, sovrinni "Barselona" ustozi Hans-Diter Flik qo'lga kiritdi.

"Barselona" 88 ochko (28 g'alaba, to'rtta durang, oltita mag'lubiyat) to'plab, Ispaniya chempioniga aylandi. "Real" esa 4 ochkoga ortda qoldi.

U sovrin uchun kurashda Diego Simeone, Ernesto Valverde, Manolo Gonsales, Manuel Pellegrini kabi mutaxassislarni ortda qoldirdi.

Flik qo'l ostida "Barselona" joriy mavsumda ikkita kubok turnirida ham g'olib chiqdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting