Flik: «Jamoa biroz charchagan, ammo futbolchilarning kayfiyati ajoyib»
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoasining La Liga 17-turidagi «Vilyarreal» ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
«G‘alaba muhim. «Vilyarreal»da ajoyib jamoa bor, hujumi juda tezkor. Futbolchilarimdan xursandman, uch ochko qo‘lga kiritdik. Ularning o‘yini yoqdi. Oxir-oqibat, eng muhimi — uch ochko va darvozaimizni yopiq saqlash.
Men mamnunman. Joan Garsiya bizni qutqardi va raqibga gol urishga imkon bermadi. Jamoa biroz charchagan edi. Natijada variativlik cheklangan bo‘ldi. Ammo jamoaning kayfiyati ajoyib. Buning bilan faxrlanaman», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Marca.
Ispaniya chempionatining 18 turidan so‘ng «Barselona» 46 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Vilyarreal» esa 16 o‘yindan so‘ng 35 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
Keyingi turda «Barselona» 3 yanvar kuni safarda «Espanyol»ga qarshi o‘ynaydi, «Vilyarreal» esa ayni kunda «Elche» bilan maydonga tushadi.