locale OZ

Flik: \"Daniga juda achinaman\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik: "Daniga juda achinaman"
Photo: gettyimages

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik shanba kuni La Liga doirasida "Valyadolid"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Dani Rodriges haqida gapirdi.

19 yoshli vinger "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy tarkibiga kiritildi - bu uning asosiy jamoadagi debyuti. O‘yinning 38-daqiqasidayoq yangi futbolchi elkasidagi jarohat tufayli maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

"Daniga juda achinaman, hozir unga qiyin. U avvalgi jarohatidan tuzalganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Menimcha, u o‘ynashdan juda xursand bo‘ldi. O‘yin davomida u mashg‘ulotlarda ko‘rsatganini namoyish etdi va men uning ijrosida aynan shuni ko‘rishni istayman. To‘pni qabul qilib olarkan, raqibni yakkama-yakka vaziyatda aldashga, golli vaziyat yaratishga harakat qiladi. Bugun u yaxshi edi," - deya Flikning so‘zlarini keltiradi ispan OAV.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting