locale OZ

Flik “Barselona”da yana ikkita pozitsiyani mustahkamlamoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik “Barselona”da yana ikkita pozitsiyani mustahkamlamoqchi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning yozgi transfer siyosatidan mamnun. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq kataloniyaliklar darvozabon Joan Garsiya bilan shartnoma imzoladi va “Atletik Bilbao” hujumchisi Niko Uilyamsni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi.

Manbaga ko'ra, nemis mutaxassisi endi klubning yana ikkita pozitsiyasini mustahkamlashni istamoqda.

Murabbiyning fikricha, jamoa Jyul Kundening o'rnini to'ldira oladigan o'ng qanot himoyachisi va Robert Levandovskining o'rnini bosa oladigan hujumchi bilan shartnoma imzolashi kerak.

Ma'lumot uchun, Hansi Flik boshqaruvidagi “Barselona” o'tgan mavsum La Ligada chempion bo'ldi, shuningdek, Ispaniya Kubogi va Superkubogini ham qo'lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting