\"Fiorentina\" bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
Photo: Getty Images
"Fiorentina" bosh murabbiyi Raffaele Palladino bilan shartnomasini uzaytirganini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, italiyalik mutaxassisning "binafsha ranglilar" bilan yangi shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Palladino 2024 yil yozidan buyon jamoani boshqarib kelmoqda. Hozirda uning jamoasi A Seriyada 8-o'rinni egallab turibdi. Shuningdek, Konferensiyalar ligasining yarim finalida ishtirok etmoqda. “Fiorentina” 8 may kuni yarim final javob o‘yinida “Betis” bilan to‘qnash keladi. O‘tgan hafta Ispaniyada bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuvda "Fiorentina" 2:1 hisobida mag'lub bo‘lgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist