FIFA “Lion”ga transfer ta'qiqi qo'ydi
FOTO: Getty Images
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) “Lion”ni 2000 yevrolik qarzi tufayli 2026-yilning yoziga qadar yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish ta'qiqlangan klublar ro'yxatiga qo'shdi. Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, bu qarz “sherlar”ning transfer to'lovini to'lamagani natijasida yuzaga kelgan. Qarzdorga to'lanishi lozim bo'lgan summani to'lash uchun ajratilgan qonun hujjatlarida belgilangan 45 kun muddat o'tgandan keyin ular o'z majburiyatlarini bajarmagan.
O'z navbatida, “Lion” kerakli miqdorni to'lash orqali vaziyatni hal qilganiga ishontirmoqda.
Ma'lumot uchun, Liga 1'ning o'tgan mavsumiga ko'ra Paulo Fonseka shogirdlari 57 ochko jamg'arib, 6-o'rinni egalladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist