Ferran Torres operatsiya qilindi va mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi
FOTO: Getty Images
Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Ferran Torres ko'richagi yallig'lanib, operatsiya qilindi. Bu haqda “ko'k-anorranglilar” matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko'ra, operatsiya 14-may kuni bo'lib o'tgan. Jarrohlik amaliyoti shifokorlar Koroleu va Barros tomonidan Barselona kasalxonasida klub tibbiyot xodimlari nazorati ostida amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, Torres mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.
Ma'lumot uchun, Ferran joriy mavsum barcha turnirlarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 28 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist