locale OZ

Fermin Lopes Saudiyadan katta taklif oldi

Biroq u "Barselona"ni tark etmoqchi emas.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fermin Lopes Saudiyadan katta taklif oldi
Photo: Getty Images

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Fermin Lopes Kataloniya klubini tark etishi mumkin.

Diario Sport xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubidan katta taklif olgan.

Qayd etilishicha, "Barselona" Lopesni sotishga tayyor. Biroq futbolchining o‘zi jamoani tark etmoqchi emas.

Avvalroq unga APL va A Seriya jamoalari ham taklif bilan chiqqan. Biroq u "Barsa"da qolishni istayotganini ma’lum qilgandi.

O‘tgan mavsum Lopes La Ligada 28 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 5 ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ygandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting