Fabio Kannavaro: «Portugaliya Jahon chempionatidagi eng kuchli jamoalardan biri»
Jahon chempionati K guruhi 2-turidan o'rin olgan Portugaliya-O'zbekiston qarama-qarshiligi oldidan MilliyJamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro rasmiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Raqibimiz Jahon chempionatidagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Agar Portugaliya jamoasini tahlil qilib ko‘rsangiz, ularning qanotlarda juda kuchli futbolchilari bor, dunyoning eng yaxshi yarim himoya chiziqlaridan biriga ega, shuningdek futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilaridan biri ham shu jamoada o‘ynaydi.
Shunday ekan, bu oson o‘yin bo‘lmaydi. Lekin biz Jahon chempionatidamiz, jamoa sifatida harakat va mehnat qilishimiz zarur. Chunki ijobiy natija bilan maydonni tark etishning yagona yo‘li shu»,-dedi mutaxassis.