locale OZ

«Everton», «Fulxem» va «Liverpul» Ektor Fortga qiziqish bildirmoqda

Fort «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
«Everton», «Fulxem» va «Liverpul» Ektor Fortga qiziqish bildirmoqda
photo: gettyimages

Angliyaning bir qator klublari «Barselona» himoyachisi Ektor Fortni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.

TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, «Everton» va «Fulxem» 20 yoshli futbolchiga qiziqish bildirgan. «Liverpul» ham Fortini kuzatayotgan klublar qatorida.

Fort «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi asosiy jamoa tarkibida ham maydonga tushgan.

Ayni vaqtda futbolchining kelajagi borasida «ko‘k-anorranglilar»ning yakuniy qarori ma’lum qilinmagan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting