locale OZ

Endrik qishki transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin

Braziliyalik hujumchi Alonso qoʻl ostida hali bir daqiqa ham maydonda harakat qilmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Endrik qishki transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, 19 yoshli braziliyalik futbolchiga Yevropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Ulardan biri sifatida Fransiyaning «Marsel» klubi tilga olinmoqda. Ushbu jamoa qishki transferlar vaqtida «Real»ga rasmiy taklif yuborishga tayyor.

Shu bilan birga, Endrikning yaqinlari uning ketishi haqda gapirishga erta, deb hisoblamoqda. Ularning fikricha, bu masala koʻplab omillarga bogʻliq boʻladi, xususan oʻyin amaliyotiga.

Eslatib oʻtamiz, Xabi Alonso bosh murabbiylik lavozimini egallaganidan beri Endrik umuman maydonga tushmadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting