locale OZ

Emiliano Martinez: «Biz raqiblarni o‘zimiz tanlaganimiz yo‘q»

Argentinalik kiper Ispaniyaga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
Emiliano Martinez: «Biz raqiblarni o‘zimiz tanlaganimiz yo‘q»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
19.07.2026, 15.00
Ispaniya
-
Argentina
-

Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martinez Jahon chempionati–2026 finali oldidan jamoasi «oson turnir yo‘li»dan o‘tgani haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi.

«Odamlarning raqiblarimiz haqida o‘z fikri bor. Ammo biz kimga qarshi o‘ynashni tanlaganimiz yo‘q. Masalan, Kolumbiya Portugaliyani mag‘lub etdi, keyin Shveytsariya Kolumbiyadan ustun keldi va yakunda biz aynan Shveytsariyaga qarshi o‘ynadik.

Bu juda og‘ir o‘yin edi. Umuman olganda, barcha uchrashuvlar qiyin kechadi. Sen faqat o‘ynashing va har bir raqibga moslasha olishing kerak», – dedi Martinez The Touchline’ga bergan intervyusida.

32 yoshli «Aston Villa» posboni Jahon chempionati–2026da 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol o‘tkazib yubordi hamda ikki o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting