locale OZ

Eldor Shomurodov A Seriyaning 35-tur ramziy terma jamoasidan o'rin oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Eldor Shomurodov A Seriyaning 35-tur ramziy terma jamoasidan o'rin oldi
FОТО: KEYPRESS
Italiya A seriyasi
12.05.2025, Yak.
Atalanta
2
Roma
1

O'zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov WhoScored talqiniga ko'ra, A Seriyaning 35-tur ramziy terma jamoasidan joy oldi.

Italiya chempionatining 35-turida “Roma” “Fiorentina”ga qarshi bahs olib borib, yakunda 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol “bo'rilar”ning ukrainalik hujumchisi Artem Dovbik hisobiga yozildi. Eldor Shomurodov esa ushbu golga assistentlik qildi.

Ma'lumot uchun, “Roma” o'zining navbatdagi o'yinini 12-may kuni “Atalanta”ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da start oladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting