Dushan Vlahovich erkin agent sifatida «Atletiko Madrid»ga oʻtishi mumkin
«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlahovich Madridning «Atletiko» klubiga erkin agent sifatida taklif etildi. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Turin klubining serbiyalik forvardi bilan tuzilgan shartnomasi joriy yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi transfer qiymati 35 million yevroni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Dushan Vlahovich 2022 yilning yanvarida «Fiorentina»dan «Yuventus»ga o‘tgan edi. O‘shanda transfer summasi, OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 85,4 million yevroni tashkil etgan.
Joriy mavsumda hujumchi A Seriyaning 17 ta o‘yinida maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Chempionlar Ligasida esa serbiyalik futbolchi 4 ta uchrashuvda 3 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.